Ilovani o‘rnatishni boshlashdan oldin foydalanuvchida quyidagilar borligiga ishonch hosil qilish tavsiya etiladi:
Uzluksiz internet aloqasi
Qurilmada bo‘sh joy (o‘rtacha 1 gigabayt atrofida, kompaniya sozlamalariga qarab farq qilishi mumkin)
Tizimni o‘rnatish uchun yetarli vaqt (o‘rnatish kompaniya sozlamalari va internet tezligiga qarab 5 daqiqadan 1 soatgacha davom etishi mumkin)
Ilovani o‘rnatish uchun quyidagilarni bajaring:
1. Play Market / App Store ga oʼting.
Eslatma:
Ilovani yuklab olish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri havolalardan foydalanishingiz mumkin:
Android (PlayMarket): https://play.google.com/store/apps/details?id=com.proximaresearch.proximacrm
iOS (AppStore): https://apps.apple.com/ua/app/proxima-crm/id1640246319?l=uk
2. Proxima CRM nomini qidiring va natijalar roʻyxatidan tanlang.
3. O‘rnatishni boshlash uchun O‘rnatish (Install) tugmasini bosing.

Iltimos, o‘rnatish jarayoni yakunlanguncha kuting.
4. Ilovani ishga tushirish uchun Ochish (Open) tugmasini bosing.

5. Serveringiz manzilini kiriting va Continue tugmasini bosing.
Eslatma:
Server manzilini parolingizni o‘zgartirgandan so‘ng keladigan xatda topishingiz mumkin.
6. Ro‘yxatdan o‘tishda ishlatilgan elektron pochta manzilingizni kiriting va Davom etish (Continue) tugmasini bosing.
7. Parolingizni kiriting va Keyingi (Next) tugmasini bosing.
Iltimos, Proxima Cloud akkauntiga ro‘yxatdan o‘tkanda belgilangan elektron pochta va paroldan foydalaning.

8. Natijada, «Ma’lumotlar bazasini yuklash» oynasi paydo bo‘ladi. Iltimos, yuklash jarayoni tugaguncha kuting.
9. Geoma'lumotlarga kirishga ruxsat bering. Ruxsat berish (Allow) tugmasini bosing.

10. Natijada, Proxima CRM ilovasi ochiladi.