Agar foydalanuvchilar vazifani qayta rejalashtirishlari kerak bo‘lsa (ya’ni vazifani yoki qo‘ng‘iroqni o‘chirib, boshqa sanada yangidan yaratish o‘rniga), ular mazkur vazifa yoki qo‘ng‘iroqni tanlangan sanaga ko‘chirishlari mumkin.
Vazifa yoki qo‘ng‘iroqni ko‘chirish uchun quyidagilarni bajaring:
- Schedule (Jadval) bo‘limiga o‘ting va tahrirlash ikonkasini (
) bosing.
- Ko‘chirmoqchi bo‘lgan vazifa(lar) yoki qo‘ng‘iroq(lar)ni tanlang.
- Ko‘chirish tugmasini bosing.
- Kalendar orqali kerakli sanani tanlang va OK tugmasini bosing.
Eslatma: Rejalashtirilgan vaqtni o‘zgartirib bo‘lmaydi.
- Natijada, tizim tanlangan vazifa yoki qo‘ng‘iroqni yangi sanaga ko‘chiradi va uni shu sanada ko‘rsatadi. Agar kerak bo‘lsa, foydalanuvchi ushbu vazifa yoki qo‘ng‘iroqqa o‘zgartirishlar kiritishi mumkin — vazifa yoki qo‘ng‘iroq ustiga bosib, O'zgartirish tugmasini bosing.