Foydalanuvchilar jadvaldagi tashriflar va vazifalarni rangiga qarab farqlashlari mumkin. Ularning rangi kompaniya sozlamalariga qarab farq qiladi.
Ilovada foydalanuvchilar quyidagi standart tashrif turlarini yaratishlari mumkin:
- Double Call (birgalikdagi tashrif): tibbiy vakil va rahbar birgalikda amalga oshiradigan tashrif.
- Group Event (Guruh tadbiri): Tibbiy vakil bir guruh mijozlar bilan uchrashgan hollarda yaratiladi.
- HCP Call (HCPga tashrif): tibbiy vakil muayyan mijoz (HCP) bilan uchrashganda yaratiladi.
- Pharmacy Call (dorixonaga tashrif): tibbiy vakil muayyan dorixona yoki muassasaga tashrif buyurganda yaratiladi.