Shablon ga yangi tuzilma qo‘shganingizda, uning uslublarini o‘zgartirishingiz mumkin.
Tuzilma uslubini o‘zgartirish uchun quyidagilarni bajaring:
Maydondan tuzilmani tanlang.
«Uslublar» yorlig‘iga o‘ting.
3. «Uslublar» yorlig‘ida quyidagilarni o‘zgartirishingiz mumkin:
Tuzilma ustunlari – ustun kengligi, yangi ustun qo‘shish (
belgisini bosing) va ustunlar orasidagi interval.
Ustun tarkibi va ustun chegarasi orasidagi interval. Har bir tomon uchun alohida interval o‘rnatish kerak bo‘lsa, barcha tomonlarni belgilang va kerakli intervalni tanlang.
Fon rangi – ustunning rangi. Rangni rang palitrasidan tanlashingiz mumkin.
Chegara – eni, chiziq turi va rangi.