Foydalanuvchilar Muassasalar bo‘limini ochganlarida, ilova tizimga qo‘shilgan barcha muassasalar ro‘yxatini ko‘rsatadi.
Foydalanuvchilar ma’lum bir muassasani qidirishlari va filtrlar orqali saralashlari mumkin.
Muassasalarni qidirish
Qidiruv uchun ro‘yxat tepasidagi qidiruv maydonidan foydalaning.
Eslatma:
Qidiruv maydoni tizimdagi jami muassasalar sonini ham ko‘rsatadi.
Qidirishni boshlash uchun kerakli parametrni maydonga kiriting. Ilova natijalarga mos muassasalar ro‘yxatini ko‘rsatadi.
Muassasalarni filtrlash
Foydalanuvchilar muassasalarni aniq mezonlar bo‘yicha ko‘rsatishlari mumkin.
Filtrni yoqish yoki o‘chirish uchun muassasalar ro‘yxati tepasidagi filtr belgisini () bosing.
Ilova standart filtrni ko‘rsatadi; foydalanuvchilar qo‘shimcha filtrlarni ham qo‘shishlari mumkin.
Filtr belgisini bosganingizda, quyidagi ikkita oldindan belgilangan filtr mavjud bo‘ladi:
- Faqat mening muassasalarim – "Ha" holatini tanlash orqali foydalanuvchi mas’ul bo‘lgan muassasalarni ko‘rishi mumkin bo’ladi.
- Arxivlangan kompaniyalar – "Ha" tanlash orqali siz arxivlangan muassasalarni ko‘rishingiz mumkin bo’ladi.
Qo‘shimcha filtrlar qo‘shish uchun Ko'proq tugmasini bosing ().
Faol filtrlar ro‘yxatidan filtrni olib tashlash uchun O'chirish tugmasini bosing.