Muassasa kartasidan tashrif yaratish uchun quyidagilarni bajaring:
- Muassasalar bo‘limiga o‘ting.
- Ro‘yxatdan kerakli muassasani tanlang.
- Yangi tashrif tugmasini bosing.
- Yangi tashrif oynasida quyidagilarni bajaring:
- Tsikl rejasini ro‘yxatdan tanlang.
- Taklif turini tanlang.
- Tashrif turini tanlang.
- Tashrif boshlanish va tugash sanasini belgilang.
- Tashrif holatini tanlang
- Planned (Rejalashtirilgan) – ffoydalanuvchi yaqin soat/kun/oyga tashrif rejalashtiradi. Bunday holatda foydalanuvchi tashrifni tahrirlashi yoki o‘chirishi mumkin.
- Done (Bajarilgan) – tashrif amalga oshirilgach, holatini “Bajarilgan” deb o‘zgartiring. Bu holatda foydalanuvchi tashrifni tahrirlash imkoniga ega emas.
- Canceled (Bekor qilingan) – agar tashrif qandaydir sababga ko‘ra amalga oshmagan bo‘lsa, foydalanuvchi uni bekor qilishi mumkin. Bekor qilingan tashriflarni tahrirlab bo‘lmaydi va tizim bu ma’lumotlarni hisobotlarda aks ettirmaydi.
- Saqlash tugmasini bosing.