Texnik yordam bo‘limiga murojaat qilish uchun quyidagi qoidalarga rioya qiling:
Ilovaning yangilanganiga ishonch hosil qiling. Eng so‘nggi versiyasidan foydalanayotganingizni tekshiring.
So‘rov nomini to‘ldiring.
Muammoni batafsil ta’riflang:
Xatolikdan oldin nima qilgan edingiz
Xatolik yuzaga kelgan sana va vaqt
Mobil qurilmangiz turi
Misollar:
CRM’ning web-versiyasida (noutbukda ochilgan) ma’lumotlar ko‘rsatilmayapti
Android tizimida ishlaydigan telefonlarda sinxronizatsiya ishlamayapti
Skreenshotlar yoki video qo‘shing
Eslatma:
Agar so‘rov boshqa foydalanuvchiga tegishli bo‘lsa (masalan, sizning bo‘ysunuvchingiz), iltimos, u foydalanuvchining to‘liq ismi va loginini (email) ko‘rsating.
Muhim:
Bir xil xabarni bir necha marta yubormang. Bir xil mavzudagi takroriy xabarlar so‘rovni ko‘rib chiqishni sekinlashtiradi. Agar kerak bo‘lsa, javobni kuting yoki avvalgi xabarga "javob berish" funksiyasidan foydalaning.